Jahon | 00:12 / 11.01.2016
4100
2 daqiqa o‘qiladi

Arab davlatlari ligasi Erondagi Saudiya diplomatik vakolatxonalariga hujumni qoralamoqda

Arab davlatlari ligasi (ADL) Eronda Saudiya Arabistonining diplomatik vakolatxonalariga uyushtirilgan xujumni qoralamoqda. Bu haqida ADL TIV Kengashining ar-Riyod va Tehron o‘rtasidagi inqirozga bag‘ishlangan shoshilinch yig‘ilishi yakuniy hisobotida ma'lum qilingan.

“ADL Saudiya Arabistoniga hududiy yaxlitlik va suverenitetni saqlash borasida to‘laqonli himoya ko‘rsatadi va uning diplomatik vakolatxonalariga uyushtirilgan hujumlarni qoralaydi” – deya ma'lum qilgan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) TIV rahbari shayx Abdulla bin Zaid al-Naxayyan yakuniy matbuot konferensiyada.

Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirlari Eron tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarni BMT ga taqdim etish uchun BAA, Misr va Quvayt tarkibida ishchi guruh tashkil etishga chaqirmoqdalar.

U yana “Tehron tomonidan amalga oshirilgan harakatlar xalqaro huquqni to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzish” deya hisoblashini ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni TIV qirollik Eron bilan diplomatik aloqlarni uzishini e'lon qilgan. 3 yanvar kuni eronlik norozi kishilar Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga hujum qilishgan.