Jamiyat | 14:34 / 11.01.2016
5542
1 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg tahlilchisi rublning o‘sishini bashorat qildi

Bloomberg agentligining rubl bilan shug‘ullanuvchi tahlilchisi Dmitriy Petrov (Nomura International Plc. vakili) 2016 yilda Rossiya milliy valyutasi mustahkamlanishini bashorat qildi.

Petrovning baholashicha, rubl neft narxining ko‘tarilishi bilan birga yana qadrga kira boshlaydi. Birinchi chorak davomida, uning hisob-kitoblariga qaraganda, bir barrel oq oltinning narxi 35-40 dollarga ko‘tariladi, rubl esa 74 rubl/1 dollar kursidan 67 rubl/1 dollar kursiga ko‘chadi. Bashoratga ko‘ra, yil so‘nggiga qadar dollar 65 rublga tushadi, o‘rtacha yillik kurs 69 rublni tashkil qiladi.

Neft narxidan tashqari, Petrov Rossiyaning arzonlashgan aktivlari investorlar diqqatini jalb qilishini ham muhim omil sanamoqda. Shuningdek, chet el kompaniyalari va aholining valyutaga bo‘lgan talablari ikki barobar qisqarishi aytilmoqda.