Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mett Deymon «Marsianin» filmi uchun «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
11 yanvar kuni Los-Anjyelesda kino va televideniye sohasidagi nufuzli mukofot sanaladigan «Oltin globus» (Golden Globe Award) mukofotlarini g‘oliblarga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda an'anaga ko‘ra ko‘plab serial va kino yulduzlari ishtirok etdi.
Associated Press axborot agentligi xabariga ko‘ra, Mett Deymon «Marsianin» filmidagi bosh rol ijrosi uchun «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritgan. Unga Kristian Beyl, Mark Ruffalo, Stiv Korell va Al Pachino kabi aktyorlar raqobat qilishgandi.
Qayd etish kerakki, Deymon bundan oldin hech qachon aktyorlik ishi uchun «Oltin globus» yoki «Oskar»mukofotini olmagandi. 1998 yilda «Donishmand Uill Xanting» filmi uchun har ikkala mukofotga ega chiqqandi.