Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ota-onasiz qolgan bishkeklik bolalar ilk bor okeanni ko‘rishdi
Ota-onasiz qolgan bishkeklik bolalar birinchi marta okeanni ko‘rishdi. Bu haqda 24.kg Nazoratsiz bolalar reabilitatsiya markazi direktori Aleksey Petrushevskiyga asoslanib xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, markaz tarbiyalanuvchilari bolalarni oilalarga vaqtinchalik joylashtirish bo‘yicha “Qish 2016” dasturida ishtirok etish uchun taklif qilindi. “5-12 yoshli 12 do‘stimiz hozir AQShda. Ular Amerikada 2016 yilning 6 fevraligacha qolishadi (bir oy). Kuzatuvchi sifatida markaz tarbiyachilari ham borishgan. Ijobiy tajriba to‘plansa, yozda yana 20 kishini yuboramiz”, - dedi markaz direktori.

“Bolalar u yerda ular uchun parklar, teatrlar va okeanga sayohatni o‘z ichiga olgan madaniy dasturlarni tashkil etadigan oilalarda istiqomat qilishadi. Oilalar bolalarni o‘z farzandlariday qabul qilishdi. Bolalar to‘rtta shahar, jumladan, San-Frantsisko, Los-Anjyeles va San-Diyegoda bo‘lishadi”, - deya qo‘shimcha qildi Aleksey Petrushevskiy.