Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya bosh shtabi jangarilarning saflari Turkiya hududidan kelgan qismlar bilan to‘ldirilayotganini da'vo qilmoqda
Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi operativ boshqarmasi rahbari Sergey Rudskoyning bayonotiga ko‘ra, Turkiya hududidan Suriyaga muntazam ravishda jangarilar uchun yordamchi kuchlar yuborilmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi tarqatgan matbuot xabarnomasida aytildi.
Rudskoyning, shuningdek, berilayotgan aviazarbalar tufayli jangarilar egallab turgan pozitsiyalarini tark etayotganini aytib o‘tgan.
“Ammo, xalqaro hamjamiyatning terrorchilarga yordam berilishiga monelik qilish borasidagi sa'y-harakatlariga qaramasdan, Turkiya hududidan Lazqiya viloyatining shimoli-sharqiy qismiga muntazam ravishda jangarilar uchun yordamchi kuchlar yo‘llanmoqda”, - ta'kidlanadi hujjatda.