Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stiven Sigal Serbiya fuqaroligini qabul qildi
Gollivud aktyori, ssenarist va rejissyor Stiven Sigal Serbiya mamlakati fuqaroligini qabul qildi. Bu haqda mahalliy PTC teleradiokompaniyasi xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, 2015 yilning dekabr oyi boshida Sigal Serbiyaga tashrif buyurganidan keyin mamlakat hukumati unga fuqarolikni berish bo‘yicha qarorga kelgandi.
Aktyor ikki marotaba Serbiyaga tashrif buyurgan. Tashrif davomida u mamlakat hukumati bilan uchrashuvdan tashqari bolalar uyiga borgan va ularga yangi yil sovg‘alari ulashgandi. Shuningdek, Sigal o‘zining Thunderbox musiqiy guruhi bilan parlament oldida chiqish qilgan.
Sigal Serbiya bosh vaziri Aleksandr Vuchich bilan uchrashuvi chog‘ida Belgradda aykido klubini ochish niyati bor ekanini ham ma'lum qilgan.