Jahon | 19:13 / 11.01.2016
4849
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish taklif qilindi

Tojikistonda mamlakatning asosiy qonuniga o‘zgartishlar kiritish loyihasi tayyorlandi. Bu haqda Asia Plus nashri xabar bermoqda.

Tojikiston parlamentining quyi palatasi kengashi yig‘ilishida deputat Mahmadali Vatanov qo‘mitalar va komissiyalarni Majlisi Namoyandagon deputatlari guruhi tomonidan taklif qilingan o‘zgartishlarni ko‘rib chiqishga chaqirdi.

O‘zgartishlar loyihasi maxfiylik tartibida ishlab chiqilgan bo‘lib, aksariyat deputatlar ham ularning mazmuni bilan tanish emas. O‘zgartishlar umumxalq referendumi natijasidagina qabul qilinishi mumkin bo‘ladi.