Jamiyat | 14:29 / 11.01.2016
10993
2 daqiqa o‘qiladi

Xonanda Kanizaning mashinasiga o‘g‘ri tushdi

Shu yilning aprel oyida konsert dasturi davomida o‘tadigan to‘y marosimiga tayyorgarlik ko‘rayotgan xonanda Kanizaning mashinasiga o‘g‘ri tushdi. Bu haqda Sayyod.com sayti xabar bermoqda.

Aytilishicha, 8 yanvar kechasi Kaniza Toshkentdagi Amaretto Restaurant oldiga o‘zining shaxsiy Porsche Cayenne mashinasini qo‘yib, dugonalari bilan ovqatlanib, soat 21:00larda qaytib chiqqanida, mashinasining orqa tarafidan oynasi sindirilganini ko‘radi.

“Mashinam ichida 2.5-3 mln so‘mlik Cavalli sumkam, 10 ming dollarlik Vertu telefonim, 400 dollarlik Fleur Narcotique atiri, bular hammasi menga sovg‘a qilingandi, va yana qimmatbaho hamyon hamda 300 mingcha so‘mimni o‘g‘irlab ketishdi”, - ma'lumot berdi qo‘shiqchining o‘zi.

Kaniza, shuningdek, mazkur masala yuzasidan militsiya murojaat qilmasligini ma'lum qildi: “Yo‘q, chunki bundan avval xam boshqa mashinalarimdan 4-5 marotaba shunday o‘g‘irlatib qo‘yganimda ularga murojaat qilganimda yordam bera olishmagandi, shu sabab xam yana bexuda yozuv-chizuvlar bilan vaqtimni ketkazmay dedim”.

“Boshqa tarafdan, konsert va to‘yim oldidan bosh-ko‘zimizdan sadaqa dedim, lekin endi bundan buyog‘iga mashinamda hech narsa qoldirmaydigan bo‘ldim. Borgan joyimga kerak bo‘lsa mashinamdagi hamma narsamni ko‘tarib olib kirsam kiramanki, lekin endi boshqa narsa qoldirmayman”, - xulosa qildi xonanda.