Jamiyat | 10:41 / 12.01.2016
7620
3 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda Samarqand viloyati byudjyetidan 6,2 mlrd so‘m o‘g‘irlandi

Prokuratura tekshiruvidan keyin 2015 yilda Samarqand viloyatida 6,2 mlrd so‘m byudjyet mablag‘i maqsadga muvofiq ishlatilmaganligi ma'lum bo‘lgan. Bu haqida “Samarkandskiy vestnik” gazetasi xabar bergan.

Prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar, xususan ijtimoiy to‘lovlarni belgilash, oyliklarga qo‘shib yozish, o‘z vaqtida to‘lamaslk, pensiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlarini banklar, javobgar shaxslar va tashkilotlar tomonidan o‘g‘irlash holatlari aniqlangan.

Byudjyet tashkilotlarini tekshirish vaqtida bir qator moliyaviy qoidabuzarliklar aniqlandi. 2015 yilda byujdet mablag‘larini ishlatish borasidagi qoidabuzarliklar 16,5 mlrdni tashkil qildi, ulardan 2,2 mlrd so‘mi o‘g‘irlangan.

Viloyat hududining turli joylarida, kerakli nazorat bo‘lmagani tufayli, ijtimoiy to‘lovlar va pensiyalarni to‘lashda bir qator qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Payariq tumani pochta bo‘limi mansabdor shaxslari, ABK “Agrobankning” Chelak tumani filialidan 662 mln so‘m mablag‘ni olib, pochta bo‘limida ushbu mablag‘ni pensiya sifatida tarqatildi, deb rasmiylashtirishgan. Aslida esa ushbu mablag‘ni o‘zlashtirib olishgan. Ushbu ishga aloqador shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

O‘tgan yil davomida o‘g‘irlangan byudjyet mablag‘i Samarqand shahrida 1, 185 million so‘m,
Urgut tumanida 1,060 million so‘m, Pastdarg‘om tumanida 946,3 million so‘m, Qo‘shrabot tumanida 858 million so‘m, Payariq tumanida 644 million so‘m, Ishtixon tumanida 614 million so‘m, Kattaqo‘rg‘on tumanida 521 million so‘m, Jomboy tumanida 420 million so‘mni tashkil qildi.

2015 yilda o‘tkazilgan mahalla qo‘mitalari tekshiruvida kam ta'minlangan oilalarga yordam puli sifatida ajratilgan byujdet mablag‘idan 465,9 mln so‘m o‘g‘irlangani aniqlangan.

Viloyat prokuraturasi tomonidan 2015 yilda ushbu sohada 125ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.