Jahon | 20:17 / 12.01.2016
7646
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda "Tolibon"ning yirik qo‘mondonlaridan biri o‘ldirildi

"Tolibon" harakatining yetakchi qo‘mondonlaridan biri Afg‘onistonning g‘arbidagi Farax viloyatidagi to‘qnashuv vaqtida halok bo‘lgan. Bu haqda Khaama Press agentligi xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, mamlakatning bu qismida nazoratni qo‘lga olgan shaxslardan biri Torialay Abaiyani o‘ldirilgan.

Mahalliy hukumat ma'lumotiga ko‘ra, u o‘z qo‘li ostidagi guruh bilan birga Pusht Ko‘h hududida qurshovga tushib qolgan. Uning yonida bo‘lgan jangarilardan 10dan ortig‘i ham halok bo‘lgan.

Shuningdek, otishma vaqtida hukumat askarlaridan biri jarohatlangan.

Bundan oldinroq, Afg‘oniston armiyasi mamlakat shimolidagi "Tolibonlar"ni o‘z pozitsiyasidan siqib chiqargani xabar qilingandi.