Jamiyat | 17:44 / 12.01.2016
3208
1 daqiqa o‘qiladi

Armanistonda cho‘chqa grippidan 7 kishi vafot etdi

Armanistonda cho‘chqa grippidan 7 kishi vafot etdi, deb xabar bermoqda News.am portali.
Bugun Yerevandagi “Erebuni” tibbiy markazida yotgan yettinchi xasta olamdan o‘tdi.

O‘tgan yil dekabrida cho‘chqa grippi tufayli Eronda 33 kishi o‘lgan edi. Xastalik hozirda Tog‘li Qorabog‘dayam kuzatilayotgani aytilmoqda.