Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bag‘dodda navbatdagi terakt 7 kishini hayotdan olib ketdi
Iroq poytaxti Bag‘dod shahrining janubi-sharqidagi Nahravan tumanida terakt sodir etildi. Politsiya va shifokorlarning ma'lumotiga ko‘ra, sunniylar istiqomat qiluvchi bu hududdagi portlash tufayli 7 kishi halok bo‘lgan va 15 kishi jarohatlangan.
Bundan oldinroq, Bag‘doddan 80 km masofadagi Al-Miqdadiya shahrida (Diyala viloyati) terakt sodir etilishi tufayli 20 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Bugun shuningdek, Bag‘doddagi shialar mavzesidagi savdo markaziga hujum uyushtirilib, odamlar garovga olindi.
Bu uch teraktning jami qurbonlari soni 40 nafarga yetdi.
Bu teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
Jangarilar Bag‘doddagi savdo markazini garovga oldi
Iroqda 2 marta portlash yuz berishi natijasida 20 kishi halok bo‘ldi
Bag‘doddagi savdo markazida garovga olinganlar ozod etildi