Jahon | 17:24 / 12.01.2016
6407
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Istanbuldagi portlash suriyalik jangari tomonidan amalga oshirilgan

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbul shahridagi portlash munosabati bilan qilgan chiqishida bu terakt suriyalik jangari tomonidan amalga oshirilgani haqida aytdi.

"Men Istanbuldagi teraktni qattiq qoralayman. Bu terakt suriyalik hudkush-terrorchi tomonidan amalga oshirildi", degan Erdo‘g‘an Anqarada elchi bilan uchrashuv vaqtida.

Bundan tashqari, Erdo‘g‘an Turkiyani mintaqada jangarilarning birinchi raqamli nishoni sifatida atagan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Istanbuldagi portlash tufayli qurbon bo‘lganlar soni 10 kishi, jarohatlanganlar esa 15 kishi.