Jahon | 09:47 / 12.01.2016
2772
1 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissiya 35 xalqaro korporatsiyani Belgiyaga 700 mln yevro to‘lashini belgilab berdi

Raqobat masalalari bo‘yicha yevrokomissar Margrete Vestager Yevropa Ittifoqi hududidagi 35ta xalqaro kompaniya Belgiyadagi soliq imtiyozlaridan noqonuniy foydalanganini ma'lum qildi. Bloomberg agentligining ma'lum qilishicha, ular Belgiyaga 700 mln yevro to‘lab berishiga to‘g‘ri keladi.

“YeI davlatlaridan biri transmilliy kompaniyalarga noqonuniy soliq imtiyozlarini taqdim etgani YeIdagi raqobatga salbiy ta'sir o‘tkazadi va pirovardida YeI fuqarolariga zarar keltiradi”, - ta'kidladi amaldor.

Vestager xonimning e'tirof etishicha, ko‘pgina kompaniyalar “transmilliy bo‘lgani uchungina” kamroq soliq to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Uning fikricha, bunday amaliyot raqobat prinsiplarini buzadi va kichik kompaniyalarni xalqaro kompaniyalar bilan bir darajaga qo‘yadi.

Yevrokomissiya Belgiya hukumatiga ko‘rsatilgan kompaniyalardan soliq kamomadini undirishga ko‘rsatma berdi.