Jahon | 11:26 / 12.01.2016
3092
1 daqiqa o‘qiladi

Iroqning Berlindagi elchixonasi 1.4 ming iroqlikka pasportlar topshirdi

Iroqning Berlindagi elchixonasi oxirgi paytlarda mamlakatga qaytishni istagan iroqlik muhojirlarga jami 1.4 ming pasport taqdim etdi. Bu haqda Germaniya TIV xabar berdi.

Reuters agentligining idoradagi manbalariga tayanib xabar berishicha, o‘tgan yilning oktabr oyi oxiriga qadar topshirilgan pasportlar adadi 150 donani tashkil qilgan.

Lekin oxirgi oylarda Iroqning bir qancha hududlari jangarilardan xalos qilinishi munosabati bilan o‘z yurtiga qaytishni istovchilar soni ko‘paygan.Ilgariroq Iroq hukumat qo‘shinlari Ramadi shahrining markaziy qismini ozod qilgani xabar qilingan edi. Ammo shahar atrofidagi janglar davom etmoqda.