Jamiyat | 12:32 / 12.01.2016
3353
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyaning 70 yilligi nishonlandi

2016 yilning 11 yanvar kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 70 yilligi munosabati bilan maxsus tantanali marosim uyushtirdi. Bu haqda BMT yangiliklar markazi xabar bermoqda.

Roppa-rosa 70 yil muqaddam, 1946 yilning 10 yanvar kuni Vestminster saroyining markaziy zalida BMT Bosh Assambleyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.Tadbirda chiqish qilgan Pan Gi Mun Bosh Assambleyaning butun dunyo xalqlari parlamentiga aylanib qolganini ta'kidlab o‘tdi.

“Zalda qancha kelishuvlar qabul qilinganini eslang – ayollar va bolalar huquqlarini qo‘llab-quvvatlash, irqchilikni yo‘q qilish, bu yerda xalqaro huquq prinsiplarining asoslari yaratilgan edi”, - ta'kidladi BMT bosh kotibi.