Jahon | 14:23 / 12.01.2016
5719
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Istanbuldagi terakt tufayli halok bo‘lganlar bor

Istanbul shahrining Yevropa qismidagi markaziy tumanlardan biri Sultonahmaddagi sayyohlar gavjum maydonda amalga oshirilgan terakt natijasida bir qancha kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy politsiya ma'lumotiga asoslangan holda NTV telekanali xabar bergan.

Politsiyachilar portlash hududidan odam tanasi bo‘laklarini topishgan. Qurbonlarning soniga aniqlik kiritilmagan.

Bundan oldinroq, terrorchi-xudkush tomonidan amalga oshirilgan bu terakt tufayli jarohatlanganlar orasida germaniyalik sayyohlar borligi haqida xabar berilgandi.

Ayni vaqtda jarohatlanganlarning soni va ularning ahvoli haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Maydon atrofi politsiya halqasi bilan o‘rab olingan. Terakt tafsilotlarini aniqlash uchun tekshiruv ishlari olib borilmoqda.