Jahon | 15:31 / 12.01.2016
5547
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Istanbuldagi terakt tufayli halok bo‘lganlarning aksari Germaniya fuqarolari

Istanbul shahrining Yevropa qismidagi Sultonahmad tumanida sodir etilgan terakt tufayli halok bo‘lgan 10 kishining 9 nafari Germaniya fuqarolari edi. Bu ma'lumot Radikal gazetasi tomonidan hodisa bo‘yicha hokimiyat o‘tkazgan matbuot anjumaniga asoslangan holda tarqatilgan.

Shuningdek, 15 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga olib borilgan. Ular orasida Norvegiya fuqarolari borligi aytilmoqda.

Bundan oldinroq Turkiya bosh vaziri ushbu terakt munosabati bilan favqulodda majlis chaqirgani va mamlakat poytaxti Anqara shahrida xavfsizlikni ta'minlash choralarini kuchaytirishga ko‘rsatma bergani xabar qilingandi.

Portlash sodir etilgan tuman nomi bilan ataladigan maydon atrofida sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan Sulton Ahmad masjidi hamda Avliyo Sofiya ibodatxonasi joylashgan.

Istanbuldagi markaziy maydonda portlash sodir bo‘lishi oqibatida germaniyalik sayyohlar jarohatlandi

OAV: Istanbuldagi terakt tufayli halok bo‘lganlar bor

Istanbuldagi portlash tufayli halok bo‘lganlar soniga aniqlik kiritildi

Turkiya bosh vaziri Istanbuldagi terakt tufayli favqulodda majlis chaqirdi