Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Istanbuldagi yong‘in bartaraf etildi
Istanbulning sharqiy qismidagi Maltepa tumanida joylashgan mehmonxonada chiqqan yong‘in bartaraf etilgan. Bu haqda NTV telekanalida xabar berilgan.
"Biz kuchli va qo‘rqinchli ovozni eshitdik. Avvaliga bu portlash ovoziga o‘xshagandi. Keyin osmonga baland qora tutun ko‘tarildi. Bu tutun mehmonxona derazalaridan chiqardi. Binoning yuqori qavatlaridagi odamlar yordam so‘rab baqira boshlashdi. Biz darhol o‘t o‘chiruvchilarni chaqirdik", deydi guvohlardan biri.
Bu mehmonxonaning qurilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagani aytilgan. U hali to‘la ravishda foydalanishga topshirilmagan bo‘lgan.
OAV: Istanbulning Osiyodagi qismida mehmonxona yona boshladi