Jamiyat | 17:16 / 12.01.2016
3975
1 daqiqa o‘qiladi

Quvvati 10 kVtdan ortiq iste'molchi obektlarining energiya ta'minoti loyihalarini kelishish uchun elektron ariza taqdim etish mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha Davlat inspeksiyasining yangi xizmati iste'molchilarga elektron ravishda xulosa shaklidagi kelishuvni olish va arizachi loyihasida nazarda tutilgan obektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bu haqda Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali Kun.uz`ga xabar qildi.

Xizmat yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladi. Buning uchun quyidagi hujjatlarning elektron nusxasini taqdim etish talab qilinadi:energiya ta'minoti loyihasi;

energiya ta'minoti loyihasini ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan texnik shartlar nusxalari (agar mavjud bo‘lsa texnik shartlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar);

tashqi energiya ta'minoti loyihasi texnik shartlarni bergan tashkilot bilan kelishilganligi to‘g‘risidagi xulosa. Xizmat bepul.