Jahon | 18:33 / 13.01.2016
4110
1 daqiqa o‘qiladi

Eron amerikalik dengizchilarni qo‘yib yubordi

13 yanvar kuniga o‘tar kechasi amerikaliklarning Eron harbiylari tomonidan mamlakatning Fors ko‘rfazidagi hududiy suvlarini kesib o‘tgani uchun qo‘lga olingan kemalari dengizchilari qo‘yib yuborilgan. Bu haqda Eron televideniyesiga asoslanib, Sky News xabar tarqatgan.

Bu ma'lumot hozircha AQSh tomonidan tasdiqlanmagan.

Bundan avvalroq, AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Kuvayt va Bahrayn oralig‘ida harakatlanayotgan ikkita kateri Eron hududiy suvlariga kirib qolgani uchun qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Dastlabki xabarlarda 10 nafar ekipaj a'zosi hibsga olingani va ularning hayotiga tahdid yo‘qligi aytilgandi.

Tehron Amerika harbiy kemalari Eron hududiy suvlariga bostirib kirganlikda ayblab, AQShdan uzr so‘rashni talab qilgan edi.