Jamiyat | 16:59 / 13.01.2016
3547
1 daqiqa o‘qiladi

Euronews telekanalida Xiva haqidagi reportaj namoyish etilmoqda

Euronews telekanali orqali efirga uzatilayotgan “O‘zbekistondan otkritkalar” turkumidagi reportajlarning navbatdagi soni qadimiy Xivaga bag‘ishlandi.

11 yanvardan boshlab namoyish etilayotgan reportajda Ichanqal'a va Kalta-Minor tarixiy yodgorliklari haqida hikoya qilinadi.

Videoreportajni telekanal sayti euronews.com hamda «O‘zbekturizm» MK saytida tomosha qilish mumkin.

Namoyishlar 17 yanvarga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekistondan otkritkalar” turkumidagi reportajlarning ilk sonida Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasi haqida videorolik taqdim etilgan edi.