Jahon | 20:03 / 13.01.2016
3318
1 daqiqa o‘qiladi

Jahonda muhojirlarning umumiy soni 244 mln kishini tashkil qildi

2015 yilda jahon miqyosida muhojirlarning umumiy soni 244 mln kishini tashkil qildi. Aytilishicha, 2001 yilda bu ko‘rsatkich 173 mln kishiga teng bo‘lgan. Ko‘rsatilgan adaddan 20 mln kishi qochqinlardir.

Nyu-Yorkda o‘tkazilgan matbuot anjumanida BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Yan Eliasson ushbu raqamlarni keltirdi.

Uning ta'kidlashicha, muhojirlarning 76 mln nafari Yevropada, 75 mln nafari Osiyoda, 54 mln nafari Shimoliy Amerikada yashab kelmoqda.

Muhojirlarning eng katta qismi AQShda istiqomat qiladi – 47 mln kishi. Ikkinchi o‘rinda Germaniya va Rossiyadir (har birida 12 mln nafardan).