Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamerun shimolidagi masjidda portlash sodir bo‘ldi
Kamerun shimolidagi masjidda sodir bo‘lgan portlash oqibatida eng kamida 10 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi mahalliy hukumatga tayanib xabar qilmoqda.
Portlovchi uskuna xudkush terrorist tomonidan harakatga keltirilgan.
Hodisadan bir kishining jarohat olgani xabar qilindi.
Bugun, shuningdek, Pokistonning janubi-sharqiy qismida joylashgan Kvetta shahridagi bemorlar poliomiyelitga (asab tizimini falaj qiluvchi o‘ta yuqumli kasallik) qarshi emlanuvchi tibbiy markaz oldida ham terakt sodir etildi. Ushbu portlash 15 kishini hayotdan olib ketgan.