Jahon | 19:41 / 13.01.2016
6060
1 daqiqa o‘qiladi

Medvedev iqtisodiy vaziyatning yomonlashishiga tayyorlanishni maslahat berdi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev neft narxlari tushib borgan taqdirda iqtisodiy vaziyat ssenariysi faqat salbiy tomonga o‘zgarib borishiga tayyorgarlik ko‘rishni maslahat berdi. Bu haqda u VII Gaydar nomidagi forumda qilgan chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.

“To‘plangan zaxiralar joriy yil byudjyetini balansga solish imkonini berdi. Lekin neft narxlari yana tushib borsa, byudjyet parametrlarini aniqlashtirishga to‘g‘ri keladi. Shuni tushunish kerakki, eng yomon ssenariyga tayyor turishimiz lozim”, - ta'kidladi u.

Medvedev ayni paytda byudjyet optimizatsiyasining eng samarador usulini tanlash talab etilishini ta'kidlab o‘tdi.