Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:31 / 13.01.2016
2687
1 daqiqa o‘qiladi
Nangarhordagi konsulliklar ko‘chasida sodir etilgan portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Afg‘onistonning Jalolobod shahrida Hindiston konsulligi yaqinida sodir etilgan portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV kanali xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, xudkush missiya binosidan 200 m narida belidagi portlovchi uskunani ishga tushirgan. U binoga kiruvchilar navbatida turgani e'tirof etilmoqda.
Jalolobodning ushbu tumanida chet el davlatlarning konsulliklari joylashgan.Reuters agentligining ma'lumot berishicha, ikki kishi jarohat olgan. Pokiston konsulligi portlashdan so‘ng yopib qo‘yilgan.