Jahon | 13:07 / 13.01.2016
4137
1 daqiqa o‘qiladi

Obama: AQShning yetakchiligi boshqa davlatlarni chetga surib qo‘yish degani emas

AQShning yetakchiligi qolgan dunyoning chetga surib qo‘yilishiga olib kelmasligi lozim. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obamaning Kongress oldida so‘zlangan “Mamlakatdagi ahvol to‘g‘risida”gi ma'ruzasida aytildi.

“XXI asrda AQShning yetakchiligi bu qolgan dunyoni chetga surib qo‘yish va biror-bir vayron bo‘layotgan jamiyatni okkupatsiya qilish yoki qayta tiklash o‘rtasidagi tanlov degani emas, - ta'kidladi u. – Biz terrorchilarni o‘ldirishimiz bundan mustasno”.

“Yetakchilik harbiy kuchning aql bilan ishlatilishi va xalqaro hamjamiyatni o‘z ortidan to‘g‘ri ergashtirish demakdir”, - qo‘shimcha qildi Obama.