Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama: Ukraina va Suriya Rossiya ta'siridan chiqib ketmoqda
AQSh prezidenti Barak Obama Kongressga qilgan an'anaviy yillik murojaatida Ukraina va Suriyani Rossiya ta'sirida bo‘lgan, endi esa bu davlatlar Rossiyaning iqtisodi qisqarishi fonida uning ta'siridan chiqa boshlagan davlatlar sifatida aytib o‘tdi.
"Rossiya qiyin iqtisodiy ahvolda bo‘lishiga qaramasdan, "o‘z mijozlari" bo‘lgan Suriya va Ukrainani qo‘llab quvvatlashga mablag‘ sarflamoqda. Ushbu davlatlar esa Rossiyaning ko‘z oldida uning ta'siridan chiqib ketmoqda", deydi Obama.
Shuni aytish kerak-ki, oldindan e'lon qilingan prezident nutqida “mijoz” so‘zi yo‘q. Bu Obamaning shaxsiy improvizatsiyasi bo‘ldi va AQShda ko‘plab tushunmovchiliklarni keltirib chiqardi.
Xususan, Illinoys shtati kongressmeni Piter Roskem bu borada o‘z munosabatini bildirgan.
“Bizning do‘stimiz va ittifoqchimiz Ukraina Rossiyaning “mijozi” deb atalishi, geosiyosiy vaziyatni tushunmaslik belgisi”, — deya yozadi u o‘zining Twitter akkauntida.
Qayd etish kerakki, Ukraina hukumati hamda AQSh va Yevropa Ittifoqi Moskvaning Kiyevning ichki ishlariga aralashishda ayblab keladi. Rossiya bunday ayblovlarni inkor qiladi hamda bu ayblovlar "haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini" bildiradi.
Rossiya Ukraina janubi-sharqidagi muxolifat paydo bo‘lishiga o‘zining aloqador emasligini, ular Ukrainaning "yangi millatchi hukumati" xatti-harakatidan norozilik evaziga vujudga kelgani, Rossiya esa bu muxolifatga faqat insonparvarlik yordami ko‘rsatib kelishini ma'lum qiladi.
Suriyaga esa Rossiya 2015 yilning 30 sentabrida mamlakat prezidenti Bashar Asadning iltimosiga ko‘ra kirgan va qonuniy hukumatga IShID va "Jibhod an-Nusra" guruhlariga qarshi kurashda yordam ko‘rsatib kelmoqda.
Shu bilan bir vaqtda, parallel ravishda Suriya hududida AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlari ham jangarilarning bazalarini bombalab kelmoqda. Ikki tomon bir-biri bilan hamkorlikda harakat qilmaydi. Rossiya tomoni AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning Suriyada harakatlanishi qonuniy emasligini dastak qilib kelmoqda. G‘arbliklar esa Rossiyani IShIDga qarshi emas, Bashar Asad tuzumi dushmanlariga qarshi kurashayotganlikda ayblaydi.