Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obamaning Rossiya va Ukraina munosabatlari haqidagi fikrlari tushunmovchiliklarga sabab bo‘ldi
AQSh prezidenti Barak Obamaning Kongressga yo‘llagan “Mamlakatdagi vaziyat to‘g‘risida”gi murojaatida Ukrainaning “Rossiyaning mijozi” deb atalgani amerikaliklarning e'tirozlariga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti agentligi.
“Rossiya o‘ziga mijoz bo‘lgan davlatlar – Ukraina va Suriyani qo‘llab-quvvatlashga resurslar yo‘naltirmoqda, ammo ular uning ta'sir doirasidan chiqib ketmoqda”, - deb ta'kidlagan edi Obama.
“Obama Ukrainani Rossiyaning “mijozi” deb o‘ylaydimi? U Kiyevga mudofaa qurollarini yetkazib bermayotgani hayratlanarli emas”, - deb yozdi The Washington Post kolumnisti Jyekson Dil Twitter’dagi mikroblogida.
AQShning Ukrainadagi sobiq elchisi Stiven Payfer Obamaning so‘zlarini “g‘alati” deb baholadi.“Moskva resurslarini Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun yo‘naltirmoqda”, - deb ta'kidladi u.
Xalqaro tinchlik uchun Karnegi jamg‘armasi rahbari Endryu Uays Obama Rossiya tomonidan Ukrainaning ilgarigi rahbariyati qo‘llab-quvvatlanganligi nazarda tutilganini taxmin qildi. Illinoys vakili bo‘lgan kongressmen Piter Roskem esa prezidentni xalqaro siyosatni tushunmaslikda aybladi.
“Do‘stimiz va ittifoqchimiz Ukraina “Rossiyaning mijozi” deb atalsa, bu geosiyosiy vaziyat to‘g‘ri tushunilmayotganidan darak beradi”, - deb fikr bildirdi u Twitter orqali