Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda talaba va o‘quvchilar orasidan liderlarni ajratib olishga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqildi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari "LIDER1.0" dasturini ishlab chiqishdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligining axborot xizmati ma'lum qiladi.
Ushbu dastur ta'lim sohalaridagi talaba va o‘quvchilar orasidan liderlarni bilimlari bo‘yicha ajratib olishga mo‘ljallangan.
Dasturning funksional imkoniyatlari:
- bilim oluvchilarning kasbiy mahoratlarini psixologik testlar asosida aniqlash;
- har bir bilim oluvchi uchun hamda har bir bosqich uchun balli tizim, har bir guruh liderining umumiy ballarini guruh bahosi bilan taqqoslash;
- testlarni tahrir qilish va o‘zgartirish.
Ushbu dastur uchun mualliflar S.Musinov, A.Abdukarimov va N.O.Raximovga guvohnoma berilgan.