Jahon | 13:48 / 13.01.2016
5289
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda rossiyalik bolalarning qiynoqqa solinishi bilan bog‘liq mish-mishlar tekshirilmoqda

Rossiyaning Novosibirsk shahri tergov boshqarmasi Qirg‘izistonda ikki rossiyalik bola zo‘ravonlikka uchragani haqida OAVda chop etilgan xabarlarni tekshirmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi tergov boshqarmasidagi manbalarga tayangan holda.

Aytilishicha, yangilik portallaridan birida 2015 yil 30 dekabrida Rossiya konsulining o‘rinbosari Qirg‘izistondan Novosibirskka 13 yoshli qizni va uning 5 yoshli ukasini olib kelgani xabar qilingan.

Rossiyaning Bishkekdagi elchixonasiga kelib tushgan axborotga ko‘ra, bu bolalar Rossiya fuqarolari bo‘lib, onasining norasmiy eri tomonidan qiynoqqa solib kelinganlar.

2015 yil sentabrida ularning onasi vafot etgan, bolalar esa “lo‘li millatli shaxslarga tana a'zolari transplantatsiyasi uchun sotib yuborilgan”.Mazkur ish yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.