Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik haydovchilar eng ishonchli mashina rusumlarini tanlashdi
Ekspertlar, rossiyalik avtomobil foydalanuvchilarining fikricha, eng ishonchli bo‘lgan mashina markalarini reytingini tuzib chiqdilar. “Avtostat” tahliliy agentligining ma'lum qilishicha, so‘rovnoma Drom.ru saytining faol foydalanuvchilari orasida o‘tkazilgan.
Aytilishicha, “Rossiya avto egalarining iste'mol mayllari” nomli hisobotni tayyorlash uchun tahlilchilar 2015 yilning oktabr oyida so‘rovnoma o‘tkazishgan. Anketada taklif qilingan brendlar orasida eng ishonchlisini tanlash talab qilinardi.
Reytingning dastlabki yetti o‘rni Yaponiya brendlariga nasib qildi. Kuchli uchtalikni Toyota (21.1 foiz ovoz), Mitsubishi (20.9 foiz) va Subaru (20.6 foiz) tashkil qildi. Nemis brendlari esa, respondentlarning fikricha, u darajada ishonchli emas: Volkwagen (14.4 foiz) 11-pozitsiyani egalladi; Mercedes-Benz (12.8 foiz) — 14, Opel (10.5 foiz), Audi (9.5 foiz) va BMW (8.8 foiz) — 17, 18 va 19-o‘rinlarga mos ko‘rildi.