O‘zbekiston | 21:17 / 13.01.2016
3081
1 daqiqa o‘qiladi

TIASVda Janubiy Koreya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

12 yanvar kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Li Uk Xon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki yoqlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliya-texnikaviy hamkorlik borasida 2015 yil 27-29 may kunlari Koreya Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif yakunlarida erishilgan kelishuvlarni kelajakda kengaytirish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar 2016 yilning birinchi yarmida Seul shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan navbatdagi Hukumatlararo qo‘mitasi yig‘ilishini tashkilashtirishga kelishib olishdi.