Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
Milliy armiyani isloh etish, uning mudofaa salohiyatini oshirish, mamlakat suverenitetini himoya qilish, sarhadlar daxlsizligi va xalqning tinch-osuda hayotini asrab-avaylash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti rahbariyati, Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi, “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti hamda “Suv xo‘jaligida menejment” fakulteti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofa Vazirligidagi 39290-sonli Harbiy qism askarlari uchun madaniy bayram tadbir uyushtirildi.
Bayram munosabati bilan muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
