Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Qirg‘izistonga 1 mlrd dollar investitsiya kiritdi
Turkiyaning Qirg‘izistonga kiritgan investitsiyalari hajmi 1 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.
Bu haqda Turkiyaning Bishkekdagi elchixonasi savdo bo‘yicha maslahatchisi Chig‘atoy O‘zden ma'lumot berdi.
“Ayni paytda Qirg‘izistonda Turkiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish bo‘yicha 6-o‘rinda turadi. Ma'lumotlarimizga qaraganda, ayni paytda Turkiya investitsiyalari 1 mlrd dollarni tashkil qiladi. Davlatlarimiz o‘rtasidagi savdo aylanmasi yarim mlrd dollarni tashkil qiladi”, - deb ta'kidladi u.