Jamiyat | 14:25 / 14.01.2016
5402
1 daqiqa o‘qiladi

Devid Bouining tanasi Nyu-Yorkda krematsiya qilindi

Britaniyalik mashhur xonanda Devid Bouining tanasi Nyu-Yorkda yoqib yuborildi, deb yozmoqda The New York Times nashri. Aytilishicha, artistning o‘zi shuni vasiyat qilgan. Marosimda uning do‘stlari ham, oila a'zolari ham bo‘lmagan.

Krematsiya qachon o‘tkazilgani aniqlashtirilmadi. Umuman, Boui juda yopiq turmush tarzi kechirardi. Artist umrining katta qismi Nyu-Yorkda o‘tgan.