Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Di Kaprio oltinchi marta «Oskar» mukofoti uchun nomzodlar qatorida
AQSh Kinoakademiyasi “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha Oskarga nomzodlarni e'lon qildi.
Nomzodlar orasida biroz oldinroq "Omon qolgan" filmidagi roli uchun "Oltin globus" olgan amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprio nomi ham bor.
Shuningdek, Brayan Krenston («Trambo»), Mett Deymon («Marslik»), Eddi Redmeyn («Daniyadan kelgan qiz») va Maykl Fassbender («Stiv Jobs») ham g‘oliblikka da'vogarlar qatorida.


Qayd etish kerakki, di Kaprio 1994, 2005, 2007 va 2014 yillarda "Gilbert Greyp", "Aviator", "Qonli olmos", "Uoll-Strit bo‘risi" kabi filmlaridagi ishtiroki uchun "Eng yaxshi aktyor" va "Eng yaxshi prodyuser" yo‘nalishlarida jami 6ta "Oskar"ga da'vogarlik qilgandi.
"Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak" nominatsiyasi bo‘yicha mukofotga nomzodlar qatorida esa Kristian Beyl («Katta qisqarish»), Mark Ruffalo («Diqqat markazida»), Mark Raylans («Josuslar ko‘prigi»), Silvestr Stallone («Krid: Rokkining merosi»).
Bir necha kun oldin Stallone "Oltin globus" mukofoti bilan taqdirlangandi.
«Oskar» mukofoti bilan taqdirlash marosimi 2016 yil 28 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
«Omon qolgan»: nima uchun Leonardo Di Kaprio albatta “Oskar”ga ega bo‘ladi
Kun.uz saytidan di Kaprio ijrosidagi “Omon qolgan” filmiga taqriz