Jahon | 16:05 / 14.01.2016
5526
1 daqiqa o‘qiladi

Iroqda IShIDning xudkush terrorchilarni tayyorlash bo‘limi qo‘mondoni halok bo‘ldi

Iroq Mudofaa vazirligi IShIDning xudkush terrorchilarni tayyorlash bo‘limiga mas'ul bo‘lgan qo‘mondon halok bo‘lgani haqida ma'lum qildi.

"Iroq IIVning razvedka guruhi IShID qo‘mondonlaridan biri, Muhammad Abd Manaf ar-Rauining Abu-Kamol shahridagi ash-Shifo shifoxonasida jon bergani haqida ma'lum qiladi. U 7 yanvar kuni o‘tkazilgan harbiy amaliyot vaqtida og‘ir tan jarohatlari olgandi. Uning o‘limi 13 yanvar kuni qayd etildi. U Bag‘dodda teraktlar amalga oshirish maqsadida terrorchi-xudkushlarni tayyorlashga mas'ul bo‘lgan. Bu jangari Ar-Ramadida ham bir necha teraktlar tashkil etgandi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu jangari xalqaro qidiruvda bo‘lgan.