Jahon | 18:20 / 14.01.2016
3805
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston bosh vaziri: hokimlar korxonalarning barqaror ishlashiga boshi bilan javob beradi

Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev makroiqtisodiy va investitsion siyosat bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishida hokimlar oldida turgan galdagi vazifalarni belgilab berdi, deb xabar qiladi 24kg agentligi.

“Hokimlar ularning hududlarida joylashgan korxonalarning barqaror ishlashi uchun kallasi bilan javob beradi”, - deb ta'kidladi bosh vazir.Shuningdek, u investitsiyalar agentligiga chet ellik potensial investorlar ishlashni faollashtirish haqida ko‘rsatma berdi.