Jahon | 20:35 / 14.01.2016
3156
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston hukumati 2016 yilda YaIM o‘sishi 5,2 foiz bo‘lishini kutmoqda

Qirg‘iziston hukumati 2016 yilda mamlakat YaIMining o‘sish darajasi 5,2 foiz darajasida bo‘lishini kutmoqda. Bu haqda bosh vazir Temir Sariyev ma'lum qildi, deya xabar qildi 24.kg axborot agentligi.

Bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot o‘sishini ta'minlash uchun inqirozga qarshi choralarni amalga oshiradi. Jumladan, har bir tumanda yangi ish o‘rinlarini ochish amaliyotini davom ettirish belgilandi. Mazkur vazifa gubernatorlar, hokim va vazirliklar zimmasiga yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 2016 yilda O‘zbekistonda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar YaIM – 7,8 foiz, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish – 8,2 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – 6,1 foiz, kapital qo‘yilmalari hajmi 9,6 foizga o‘sishini ko‘zda tutgan edi.