O‘zbekiston | 17:54 / 14.01.2016
3152
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining amaliy masalalari yuzasidan fikr almashildi

14 yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Sun Lijiye bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati ma'lum qildi.

Suhbat chog‘ida 2016 yildagi O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining amaliy masalalari yuzasidan fikr almashildi.