Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:59 / 14.01.2016
7096
1 daqiqa o‘qiladi
Tojikistonda 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Tojikistonda 14 yanvar kuni, mahalliy vaqt bilan soat 02:38 da 5,2 magnitudali qattiq zilzila sodir bo‘ldi. Tojikiston fanlar akademiyasi qoshidagi Milliy Geologiya xizmati bergan ma'lumotlarga ko‘ra zilzila Sarez ko‘li yaqinida, Pomir tog‘larida sodir bo‘lgan.
Seysmologlarning ma'lum qilishicha, zilzila markazi Dushanbe shahridan 377 kilometr sharqda, Sarez ko‘lidan 70 km masofada joylashgan.
Qurbonlar yoki zarar to‘g‘risida hozircha ma'lumot yo‘q.
7.2 balli zilzila Sarez ko‘li yaqinida sodir bo‘ldi