Jamiyat | 09:01 / 15.01.2016
4203
1 daqiqa o‘qiladi

Backstreet Boys guruhi a'zolaridan biri bardagi mushtlashuvdan keyin hibsga olindi

Backstreet Boys musiqiy guruhi a'zolaridan biri Nik Karter mast holatda Florida shtatidagi barlardan birida yuz bergan mushtlashuvda ishtirok etgani uchun politsiya mahkamasiga keltirildi. Bu haqda Sky News nashri xabar tarqatgan.

Qo‘shiqchi va uning yonidagi sherigi bar qo‘riqchilari bilan janjallashgan va ko‘chada mushtlashuv yuz bergan. Ular qattiq mast bo‘lib qolishgach, bar xodimlari ularga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortishgan va ulardan ketishni so‘rashgan. Shundan so‘ng mushtlashuv kelib chiqqan.

Ayni vaqtda qo‘shiqchi Florida shtatidagi Monro qamoqxonasida bo‘lib turibdi.

Qayd etilishicha, 2015 yilning kuzida Karter ichkilikni tashlaganini ma'lum qilgandi.