Jahon | 20:47 / 15.01.2016
8998
1 daqiqa o‘qiladi

Gavayi orollari osmonida 2ta harbiy vertolyot to‘qnashib ketdi

AQSh qurolli kuchlarining ikki vertolyoti Gavayi arxipelagi orollaridan birining sohili yaqinida to‘qnashib ketdi. Bu haqda Hawaii News Now xabar berdi.

Manbaning yozishicha, bu hodisa arxipelag shimolidagi Oaxu oroli qirg‘oqlari yaqinida ro‘y bergan. Bu orolda Gavayi markazi bo‘lgan Gonolulu shahri joylashgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ikki vertolyot ham to‘qnashuvdan keyin suvga tushgan.

Qirg‘oq mudofaasi vakili Sara Muersning aytishicha samolyotlar halokatga uchragan hududda tirik qolganlarni izlash ishlarini olib borilmoqda.

Hozircha qurbonlar haqida aniq ma'lumot berilmagan. Halokat sabablari aniqlash uchun tekshiruv ishlari olib borilmoqda.