Jamiyat | 11:28 / 15.01.2016
3745
1 daqiqa o‘qiladi

National Geographic AQShda yil jurnali deb tan olinishi mumkin

AQShda “Yil jurnali” mukofotiga National Geographic nashri da'vogarlik qilmoqda. AQShdagi eng qadimiy nashrlardan biri bo‘lmish bu jurnal (1888 yil oktabridan buyon chiqadi) geografiya, tarix, madaniyat bo‘yicha chiroyli rasmlarga boy maqolalar chiqaradi.

Shuningdek, AQSh geografik jamiyatining nashri “Eng yaxshi fotoish” hamda “Eng yaxshi alohida son” nominatsiyalariga da'vogarlik qilmoqda.Asosiy nominatsiya bo‘yicha u bilan The Atlantic,The Hollywood Reporter, New York va The New Yorker jurnallari raqobat qilmoqda.

Mazkur sovrin 1966 yildan buyon Amerika jurnal muharrirlari jamiyati va Kolumbiya universiteti jurnalistika maktabi tomonidan toprishib boriladi.