Jamiyat | 10:02 / 15.01.2016
4908
1 daqiqa o‘qiladi

Obama o‘zi tirikligida AQShda saratonga davo topilishidan umid qilmayapti

AQSh prezidenti Barak Obamaning hisoblashicha, amerikaliklar kelajakda saraton xastaligi ustidan g‘alaba qozonishadi, lekin uning o‘zi bunga o‘z ko‘zlari bilan guvoh bo‘lmasligi mumkin. Bu haqda prezident Luiziana shtati aholisi bilan uchrashuvi vaqtida aytib o‘tgan.

"Biz eng yaxshi olim, mutaxassis va tadqiqotchilarni yig‘ganmiz. Kelgusida ular saratonni tuzatishning yo‘lini topishadi. Ehtimol bu men tirikligimda yuz bermas, lekin umid qilamanki, keyingi avlod saraton dardidan qutiladi", deydi u maktab o‘quvchilariga yuzlanib.

Obama bu masala yuzasidan tibbiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun barcha zarur vositalar qo‘llanishi haqida ma'lum qilgan.