O‘zbekiston | 18:37 / 15.01.2016
6293
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zDJTU yangi binosida ilk konferensiya o‘tkazildi

Bugun, 15 yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining yangi binosida oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi, Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi hamkorligida konferensiya tashkil etildi.

“Nofilologik ta'lim dasturlari va o‘qituvchilari uchun ingliz tilini o‘qitish metodologiyasining ilg‘or tajribalari” mavzusidagi mazkur seminar-treninglar 14 yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ochib berilgan edi.

60dan ortiq ingliz tili o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokidagi anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalliy mutaxassislarning xorijlik hamkasblari bilan soha yuzasidan fikrlar almashishiga imkoniyat yaratish, yangi xalqaro loyihalar uchun takliflar ishlab chiqish, nofilologik yo‘nalishdagi darsliklar tayyorlash jarayoni bilan tanishtirishdan iborat.

2 kunlik ma'ruzalar Yevropa Ittifoqining fan va ta'lim ekspertlari, Britaniya Kengashi, TeMPUS dasturi. innovatsion markaz mutaxassislari, Ispaniyaning Barselona universiteti, “Ingliz va nemis filologiyasi“ kafedrasi o‘qituvchisi, fan doktori Natali Martin boshchiligida davom ettirildi.