Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 16:04 / 15.01.2016
4293
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston Qozog‘iston oldidagi gaz bo‘yicha qarzini uzdi
Qirg‘iziston Qozog‘iston oldidagi gazni yetkazish va beruxsat o‘tkazish bo‘yicha qarzini uzdi. Bu haqda “QazGazTrans” OAJ xabar qildi.
Aytilishicha, “Gazprom Qirg‘iziston” 41.6 mln dollar to‘lib berib, 2004-2014 yillarda gaz oqimlarini noqonuniy yo‘naltirish oqibatida yuzaga kelgan qarzdorlikdan qutulgan.
Deyarli o‘n yil davomida “QazGazTrans” OAJ yetkazilgan gaz uchun o‘z vaqtida haq to‘lanishiga erisha olmay kelgan. “Qirg‘izgaz” OAJga bu borada yo‘llangan maktublar javobsiz qolib ketgan. Nihoyat, mazkur masala hal qilingani aytildi.