Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Burkino-Fasodagi terakt qurbonlari soni 30 nafarni tashkil etdi
Burkino-Faso poytaxti Uagadugu shahrida "Al-Qoida"ning G‘arbiy Afrikadagi bo‘limi bo‘lmish "Al-Murabitun" guruhi tomonidan sodir etilgan terakt 30 kishini hayotdan olib ketgan. Ularning aksari xorijliklar. Bundan tashqari 30 kishi jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, 16 yanvarga o‘tar kechasi "Al-Qoida"ning G‘arbiy Afrikadagi bo‘limi hisoblanmish "Al-Murabitun" guruhi Burkino-Faso shahridagi Splendid mehmonxonasiga hujum uyushtirib, odamlarni o‘ldirdi va garovga oldi. Hujum natijasida 27 kishi halok bo‘lgan. Mamlakat maxsus kuchlari Fransiya harbiylari hamkorligida o‘tkazgan amaliyot natijasida 150 kishi garovdan ozod qilingan va 7 nafar jangaridan iborat guruh yo‘q qilingan.