Jahon | 18:24 / 16.01.2016
4009
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri va Lavrov uchrashuvida Suriya muxolifatining ro‘yxati aniqlab olinishi mumkin

Jyenevada bo‘lib o‘tadigan Suriya muzokaralarida ishtirok etadigan AQSh tashqi siyosat mahkamasi rahbari Jon Kerri va uning rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov uchrashuvida Suriya muxolifatining to‘liq ro‘yxati shakllantirib olinadi. Bu haqda Sputnik agentligi Suriya muxolifatidagi axborot manbasiga tayanib xabar qildi.
AQSh davlat kotibi 20 yanvar kuni Shveytsariyaning Tsyurix shahriga borib, u yerda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashadi va Suriya hamda Ukraina masalasini muhokama qiladi.
“Muxolifat ro‘yxati hali kelishib olinmaga. U muhokama qilinadi, 20 yanvardagi Kerri va Lavrov uchrashuvida uzil-kesil kelishib olishadi, deb o‘ylayman”, - dedi axborot manbasi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ro‘yxatga ikki guruh kiritiladi. Birinchisiga Ar-Riyod taklif qilgan muxolifat a'zolari, ikkinchisiga esa Moskva va Qohira taqdim etganlar kiritiladi.